Hamma narsaning o‘rtamiyonasi a’lo. Mo‘l-ko‘lchilik ham, yetishmovchilik ham men uchun begonadir

Sarhadsiz fazoda men kabi sanoqsiz demokritlar mavjuddir.

Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. Qolgan barcha narsalar faqat fikran mavjuddir

Bitta ilmiy isbotu dalilni qo‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan a’loroqdir

Bu olamda yo hech narsa chinakam emas, yoxud chinakam narsalarni biz ilg‘ay olmaymiz

Bu olamda yo hech narsa chinakam emas, yoxud chinakam narsalarni biz ilg‘ay olmaymiz

Mardlik taqdir zarbalarini pisand etmaydi.

Bir o‘zing xoli qolganda ham badxoh ishga qo‘l urma, yomon so‘z aytma. Boshqalarga qaraganda o‘z-o‘zingdan ko‘proq istihola qilishni o‘rgan.

O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.

Haddan ortiq tilamoqlik go‘daklarga yarashadi. Erlarga emas.

“Mana Buyuklar” kanali