Ochko‘zlik, yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan o‘zni tutish iffat sanaladi.
Ruh — jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mustaqil fikrlaydi.
Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi.
Bayon — inson fikriga kelgan ma’noni yaxshi ifodalanishidir.
Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero xarakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi.
Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi.
Quruq gapning o‘zi hech qachon dalil bo‘lolmaydi.
Umring ko‘pi bilan bir-ikki nafas,
Nafas esa kichik bir shamolu sas.
Shamolga tayanmish umring binosi,
Mustahkam imorat yelga tayanmas.
Iffat esa yomonlik bilan shahvat hamda bunga o‘xshagan narsalar o‘rtasida turadi. Yana u serhafsalalik bilan behafsalalik o‘rtasida turadi.
Agar kelajagim xayrli bo‘lsa edi, mayli tinchgina, bemalol tirikchiligimni qilaverar edim. Bordi-yu agar unday bo‘lmasa, ming ko‘z bilan yig‘lardim.
Men ko‘p joylarni kezdim va olam ahvoliga qaradim. Unda hayronlik kaftini iyagiga tirovchidan yoki pushaymonlik barmog‘ini tishlab turuvchidan boshqani ko‘rmadim.
Shodli va qayg‘uli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof do‘stlikni saqlab qolgan kishi chin do‘st hisoblanadi.
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.
Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba’zilarini joyidan yulib tushiradi.
Беморнинг кулаётган лаҳзалари юз фоиз соғлом одам ҳолатида бўлади!