To‘g‘ri o‘ylab, to‘g‘ri qaror ber.
Birovdan nafratlansang va unga hasad qilsang hayotingga zahar solgan bo‘lasan.
Cho‘qqiga chiqayotgan odam yiqilishni niyat qilmaydiku, kurashdingmi yengishing shart.
Iymonsiz kishi yalong‘och odamga o‘xshaydi.
Inson ishonch va tushunchalariga ko‘ra yashashi lozim.
Yaxshilik bilan yomonlik, kulfat bilan omad, yonma-yon, oldinma-keyin yuradi.
Begona ko‘chaga kirib qolgan odam qo‘rqib qoladi, Qo‘rqadi-yu o‘sha zahoti qaytib keta qolmaydi, nimaga shunaqa qilganini o‘zi ham bilmaydi.
Tirik bo‘lib to‘rda yo‘q, o‘lik bo‘lib go‘rda yo‘q.
O‘zini qidirayotgan ko‘pgina shaxs bu qidirishdan charchaydi. Aytilgani kabi yashash, ya’ni birovning fikriga ko‘ra yashash har doim osonroqdir.
Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.
Mukammallik chegara bilmaydi.
Tananing qayta tirilishiga ishonmoq uchun shu tananing istaklarini yenga bilish darkordir. Tanning istaklarini suiste’mol qiladiganlar, uning qayta tirilishini tasavvur ham qila olmaydiganlardir, bu ularga yuborilgan jazodir.
Hech kim niqobsiz yurmaydi.
Puxta o‘ylab ko‘rilmagan bemavrid mardlik baxt keltirmaydi.
Dushmaning hushomadga o‘tsa hushyor bo‘l.