Har bir buyuk inson bag‘rida yashagan jamiyatning o‘gay o‘g‘lidir.
Daholar – tabiatning eng xavfli armug‘onlari.
Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.
O‘zni tanimoq, eng buyuk ma’rifatdir.
Odamzod yomon o‘yinchoqlar peshidan yugurishni tark etmagan bolaga o‘xshaydi..
Ilm nihoyasiz kurash demakdir.
Ehtimol, madaniyat uxlab yotgandir, balki tush ham ko‘rayotgandir.
O‘rmonni ko‘rmading, daraxtni ko‘rmading, shamol uchirib oyog‘ing ostiga tashlagan bir hovuch qurigan yaproqni inson tafakkurining jami deb o‘ylading...ni ko‘rmading, daraxtni ko‘rmading, shamol uchirib oyog‘ing ostiga tashlagan bir hovuch qurigan yaproqni inson tafakkurining jami deb o‘ylading...
Irfon tafakkurning barcha qutblarini bag‘riga sig‘dira oladigan so‘zdir.
Tarjimon “mukammal”ni qidirgan telba, “falsafa toshi”ni topishga bel bog‘lagan kimyogardir.
Mutolaa ikki ruh orasidagi oshiqona muloqotdir.
Qomus millatning nomusidir.
Tushuncha shubha bilan boshlanadi.
Sharqning butun daholari orasidan g‘arbning yoqtirgani Zardusht bo‘ldi.
Yorug‘likni qanchalik qidirmaylik, zehnimizdagidan ortig‘ini topishimiz mahol.