Yaxshilik qilishga imkon izla.
Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.
Ozodlik, shunday boylikki, hammayam unga erisholmaydi.
O'tib ketgan vaqt emas, u umrdir.
Dadil fikrlar shashka o‘yinidagi oldingi qator donalari vazifasini bajaradi: ular halok bo‘lsa-da, g‘alabani ta’minlaydi.
Muammolarning muammosi — odam. Odamni chinakamiga aks ettirar ekansan, uning qilmish-qidirmishlaridan muammolar kelib chiqaveradi. O‘sha muammolarni hal etish esa... sening ishing emas: uni hayot hal etadi va pirovardi, o‘sha “hal etilish” jarayoni yana adabiyotda aks etishi mumkin.
Бебок ҳамдамлиққа ярамас, нопок маҳрамлиққа ярамас.
Xudo meni o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun samimiylik bilan, o‘zgartirishim mumkin bo‘lgan narsalarni o‘zgartirishim uchun jasurlik bilan, ularni ajrata olishim uchun esa aql bilan siylagan.
Agar boy-badavlat bo’lishni istasangiz, zaxiralar haqida daromaddek o’ylang.
Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.
Reklama - savdoning dvigatelidir
Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.
Zo‘raki urinishlar zakiylikni o‘ldiradi.
Agar biz o‘zimizni o‘zganing o‘rniga qo‘yib ko‘rsak, boshqalarga nisbatan rashk va nafratimiz yo‘qolgan bo‘lur edi; agar biz boshqalarni o‘zimizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rsak, bizdagi manmanlik va g‘urur pasaygan bo‘lur edi.
Imkoniyat muzqaymoqqa o'xshaydi, erib ketmasidan oldin yeb qolish kerak.