Kim ari nishiga qilolmas toqat,
Asalni ko‘radi uzoqdan faqat.
Ertaga nima ish qilishini bilmaydigan odam baxtsizdir.
Podshohlar o‘zlarini adolat bilan bezatishlari kerak, xalq bunday podshohga ehtirom ko‘rsatishi zarur.
Fikrimcha, qo'rslikning ham, jur'atsizlikning ham manbai bitta-bilimsizlik.
Bolaga yomon so‘zlar aytishingiz uni aka-ukalari va siz bilan ham xuddi shunday muomala qilishga o‘rgatadi.
Ўз вужудингга тафаккур айлагил,
Ҳар не истарсен, ўзунгдин истагил.
Shunaqangi lo‘nda hikmatli so‘zlar yoki maqollar borki, ularni hamma biladi va hamma foydalanadi.
Agar bunday hikmatli so‘zlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi, ular asrlardan-asrlarga o‘tib
kelmasdi
Kelajakni ko'ra olishning zo'r yo'li bu uni kashf qilishdir.
Аёлларнинг кучига ишонмаган кишининг, онасиз ўтадиган болаликка қайтиб қолишини жуда-жуда хоҳлардим.
Agar sen faqat nur orqali zohir bo‘lgan narsanigina ko‘rib, ovozlar orqali yetib kelgan narsanigina eshitayotgan bo‘lsang, haqiqatda ko‘rmas va eshitmas ekansan.
Har qancha ajoyib va buyuk bo‘lmagin, hamma odamlar seni birdek yaxshi ko‘rishi amri maholdir.
Qilich va nayza bilan hosil bo‘lmagan ko‘p ishlar yumshoqlik, muloyimlik bilan hosil bo‘ladi. G’azab
keltirgan zarar g‘azablangan kishining o‘ziga qaytar.
Qafas qush izlagani ketdi.
Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.
Aylana – geometriyaning qalbidir. Aylanani o’rganing, shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini, balki o’z qalbingizni ham o’rgangan bo’lasiz.