Omadli nikoh har kuni ta’mir etib turilishi kerak bo‘lgan binodir.

Qancha kuchanmasin soxta bilimdon, u yuksala olmas ko‘kka hech qachon.

Keksaygan odam yoshlik o‘tida yonolmaydi.

Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi.

Kimki Allohdan qo‘rqsa (taqvo qilsa), Alloh uni saqlaydi. Kim Allohdan umid qilsa, Alloh uni noumid qilmaydi. Kimki Alloh yo‘lida ehson qilsa, Alloh uning o‘rnini to‘ldiradi. Shuning uchun taqvoni qalbing tayanchi, diydang jilosi qil! Zero, niyatsizning amali, ezgusizning ajri bo‘lmas!

Shon-sharaf mehnatning qo‘lida. LEONARDO DA VINCHI

Hasaddan zararliroq narsa yo‘q. U hasad qiluvchi kishiga beshta azobni olib keladi: g‘ami tugamaydi, musibat oladi-yu unga ajr kelmaydi, yomonlikni olib keladi, Alloh taolo unga g‘azab qiladi, uning uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Bu beshta azob hasad qilingan kishiga emas, hasadgo‘yning o‘ziga yetadi. Abu Lays Samarqandiy

O‘zini juda past baholaydigan ayol barcha ayollarning bahosini pasaytirib yuboradi. (Nelli Makklang)

Har bir muvaffaqiyatsizlikda ota-onang yoki boshqalarni ayblayverma. Xatolaring ustida yig‘lab o‘tirma, ulardan xulosa chiqar.

Do‘st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomala qildimki, do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo‘ldimki, ularning dushmanligi do‘stlikka aylandi.

Hamishalig‘ ta’kid etur edim: xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir kunmas bir kun mevasini tatirsan...

Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.

Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir.

Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.

Boshqalarning zo'r g'oyalarini o'g'irlashda har doim uyatlimiz.

“Mana Buyuklar” kanali