Angladimki, teran va asrorangiz bo‘lgan narsalar sokin bo‘ladi. Angladimki, sokin bo‘lgan nasalar teran va haybatli bo‘ladi.

Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

Biz do‘stlarimiz bilan to‘la to‘kis oshkora gaplashmasligimizning boisi—ularga ishonchimiz yo‘qligidan emas, ko‘proq o‘zimizga o‘zimiz ishonmasligimizdandir.

Gap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.

Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat.

Bor narsalarga qanoat qil.

Go‘zallikka boshqa olijanobliklarni ham qo‘shishga intiling.

Сиз ёқтирмаган бир қанча нарсалар борки, балки сиз учун улар хайрлидир

Ko‘lmak yelvizakda ham chayqalaveradi. Ummonlarning to‘lqini muhabbatning mahobatidandir.

Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.

Vaqti kelganda, ijodkorni bir og‘iz iliq so‘z bilan siylab qo‘yish ham uning hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biroq pishmagan mevani urib tushiradigan “mergan”dek mukofotga intilish, hay-hay, uyat! Ta’magirlikdan boshqa narsa emas.

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

Har bir vazir qaychi misolidir (agar qaychining bir tayanch tomoni bo‘lmasa ikkinchi tomoni hech narsaga qodir bo‘lmaydi), chunonchi Muso payg‘ambar vaziri Xorun bilan mukammal bo‘lgan.

Olim eding, orif bo‘lding. Endi oshiq bo‘lishga majoling bormi?

Kim ari nishiga qilolmas toqat, Asalni ko‘radi uzoqdan faqat.

“Mana Buyuklar” kanali