O'rganish aqlni hech qachon charchatmaydi
Hamma xotirasidan noliydiyu lekin hech kim aqlidan nolimaydi.
Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.
Juda aqlli bo'lma, yaxshisi mulohazali bo'l.
Aql ulug’likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog'ida band.
Odamzod tiriklikni davlat bilsin,
Aql topsin, mol topsin, halol yursin.
Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir
Matematika - aql gimnastikasidir.
Pulni aql bilan ishlata bilish uchun, avval pulni aqlga ishlatish kerak.
Agar aqli xira bo'lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon.
Inson zoti shunaqa: aqli yetgan narsada o‘zi bilur, aqli yetmagan narsada Xudo bilur.
Xudo meni o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun samimiylik bilan, o‘zgartirishim mumkin bo‘lgan narsalarni o‘zgartirishim uchun jasurlik bilan, ularni ajrata olishim uchun esa aql bilan siylagan.
Shunday fikrlar borki, ularni benihoya keng ma’noda qo‘llash mumkin; shu sababdan bunday fikrlar qanchalik ko‘pchilikka mos shaklda ifodalangan bo‘lsa, aql va yurakka shunchalik ko‘p oziq beradi,
ular shu darajada chuqur his etilgan fikrlar bo‘lib chiqadi.
Ishq yo‘lini aql bilan topmoqchimisan? Quyoshni sham yoqib qidirmoqchimisan?!
Eru xotinning farog‘at ila yashashlari uchun aqlni ham, jahlni ham farosat bilan ishlatish lozim bo‘ladi.