Boylik - hayotimizdagi eng muhim narsa emas.

Eng katta boylik — bu qanoat.

Bu hayotda har kim bo‘lishing mumkin, ammo eng muhimi INSON bo‘lmog‘ingdir.

Dunyodagi eng huzursiz inson, qalbida kibr va adovat bor insondir.

Samarqand - yerning quyoshga boqqan eng go'zal chehrasi.

O‘g‘rilar orasida eng zararlisi ahmoqlardir. Ular bir vaqtning o‘zida vaqtimizni va kayfiyatimizni o‘g‘irlaydi.

Dunyoda eng yomon illat do`stlarga qilinadigan makr bilan hiyladir.

Ayol kishiga eng haqqi kop kishi erdir, erkak kishiga eng haqqi kop kishi-- onasidir.

Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bo'lishga harakat qiling,zero axloq qonunning asosidir.

Eng buyuk rohat, insonlarga muhtoj bo'lmaslikdir!

Eng yaxshi narsa Alloh taoloni unutmagan ko‘ngildir.

Қилаётган ишингни севишинг керак, ана шунда меҳнат — ҳатто энг оғир меҳнат ҳам — ижодга айланади.

Johil uchun eng yaxshi ish jim turishdir. Vaholanki, u buni bilganida johil bo’lmas edi.

Xafa bo’lganini bildirishning eng yaxshi yo’li sukut qilishdir.

Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.

“Mana Buyuklar” kanali