Yaxshilik haqida o‘ylashlik o‘sha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, o‘sha yomonlikni tark etishga chorlaydi.

Halol kasb qilish tog‘ni ko‘chirishdan og‘irdir.

Yaxshi narsa haqida tafakkur etish unga amal qilishga undaydi, yomon narsa haqida o‘ylash undan qochishga undaydi.

Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim.

Kechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg‘ul bo‘lish menga kechani butunlay bedor o‘tkazishdan mahbubroqdir.

Kunlarning yaxhisi - juma, oylarning yaxshisi - Ramazon, amallarning yaxshisi - vaqtida o'qilgan besh vaqt namoz.

Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib kulishing - qilgan gunohingdan ham katta gunohdir. Fursatni qo'ldan boy berib qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun hafa bo'lishing - gunohdan ko'ra kattaroqdir.

Kim boyni ikrom qilib, kambag‘alni xorlasa, la’natlangandir.

Kishi niyatiga qarab saqlanadi.

“Mana Buyuklar” kanali