Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shu boshlanish joyga yaqinlashgan sari, to o’ziga borib yetguncha soddalashib boradi

Qalamning abadiy izlari bo‘lmaganda, xalqlarning xabarlarini qaydan bilar edik?!

Илм даргоҳига кирар экансан, қалбинг кишини оздирувчи иллатлардан, одамни кўр қилиб қўядиган ҳолатлардан, чунончи, қотиб қолган урф-одатлардан, ҳирсдан, рақобатдан, очкўзликни қули бўлишдан озод бўлмоғи даркор

Тенглик ҳукм сурган жойда сотқинлик, алдамчи эҳтирослар, ғам-ғусса бўлмайди.

Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi.

Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi.

Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.

Qiyos qilinuvchi narsa bilan qiyos uchun olinuvchi narsa orasini, isbotlanuvchi narsa bilan isbot orasini birlashtiruvchi bir sabab bo’lmasa, u dalil va misollar qabul etilmaydi

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

Shubhani aniq, noma’lumni ma’lumga qo’shish biz yurgan yo’lga loyiq emas

Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi.

Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir

Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.

Hatto (dehqonlar) oyga qarab urug‘lar sochish, ekish, ko‘chatlar o‘tqazish, payvand qilish va changlatish, hayvonlarni urchitish va boshqa vaqtlarni aniqlaydilar.

“Mana Buyuklar” kanali