Ilmli inson ko‘p narsani bilishi yoki ko‘p savol berishi bilan bilinmaydi.
Balki ilmning alomati eng avvalo yolg‘on dunyodan yuz o‘girmoq va abadiy dunyoga tayyor turmoqdir.
Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin, o‘lim!