Men muntazam yuksalish tarafdoriman. Ko‘proq gol urish, ko‘proq g‘alaba qozonish. Men shu narsalarga doim ochman. Hech qachon ularga to‘ymayman.

Futbolda eng muhim narsa – bu o‘ynashdir. Men futbolda doimo o‘zimga yoqqan uslubda o‘yin ko‘rsataman.

To‘g‘risini aytsam, men o‘zimning zo‘r o‘yinchi ekanimni his qila olmayman. Men faqat o‘z orzularimga erishishni istayman. xolos.

Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish mening nazdimda yuksak sharaf. Ammo Barsa, bu – faqat Messi degani emas. Barsada eng yaxshi o‘yinchilar ko‘p.

Ammo men futbol maydoniga «eng yaxshi» bo‘lish uchun tushayotganim yo‘q. Men o‘yinga zavqlanish uchun tushaman.

Doim yanada ko‘prog‘idan umid qilish, doimo o‘zining birinchi raqamli tanqidchisi bo‘lish, o‘zining yaxshi va yomon jihatlarini tan olish – muvaffaqiyatimning yagona siri.

O‘ynash huzuri hamda shavqi yo‘qolishi bilan men futbolni tark etaman.

Xoh do‘stona, xoh rejalashtirilgan uchrashuv bo‘lsin, men doimo bir xil o‘yin ko‘rsataman.

Kezi kelganda yutish har doim ham qo‘lingdan kelmasligini tan olishga to‘g‘ri keladi.

“Mana Buyuklar” kanali