Borma aytmaganning dasturxoniga, Qo'l uzatsang, qadring tushar noniga.

Ko'guga berardim kechqurun sayqal ,Boqdim unga tiniq bo'lgan bir mahal , Shuncha ko'p ko'rindi o'z aybimki ,men O'zgalar aybini unutdim tugal .

Oh tortgan chog‘ingda yo‘lga ko‘z tutgil, Yo‘lda quduq bordur, ehtiyoting qil, Do‘st uyida mahram bo‘lgan vaqtingda, Ko‘lingni, ko‘zingni, dilni tiya bil.

Podsholik istasang, bo‘l el gadosi, O’zingni unutu, bo‘l el oshnosi, El toj kabi boshga ko‘tarsin desang, El qo‘lin tutqinu bo‘l xokiposi

“Mana Buyuklar” kanali