Rost gapiringlar, agarchi rostlikda halokat bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida najot rostlikdadur.
Yolg'on gapirmanglar, agarchi yolg'onda najot bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida unda halokat bordur.
Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.
Вафосиздур замон аҳли,
замонда не вафо бўлғай,
Вафо аҳли булардин
гар вафо истар, эрур нодон.
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil
odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma,
tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi.
Dunyo binolari ichida eng buyugi maktab bo‘lsa, kasblarning orasida eng sharaflisi o‘qituvchi va murabbiylikdir.
Qur'onga ko'zing bilan boqsang, yozuvni ko'rasan. Aqling bilan - qarasang, ilmni ko'rasan.
Qalbing bilan boqsang, ishqni ko'rasan. Butun Ruhing bilan boqsang, Robbingni ko'rasan!
Ilmiga amal qilmagan olim
johillar qatoriga kiradi.
Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir.
Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraldimi, nima pishayotganini bilib olaverasan.
Яхшилик – ёмонликни тарк этмакдир.
Agar biz butun dunyoda tinchlik o‘rnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur.
Odob - aqlning tarjimonidir. Inson odobi qadar aqlli, aqli qadar sharafli, sharafi qadar qiymatlidir.
Bizni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi.
Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi.