"Hech qachon boshqalar sizni biror narsa qiyin yoki imkonsiz deb ishontirishga yo'l qo'ymang." 🔹Duglas Badler

Узр сўрашнинг ёмони - ўлим келганида сўрашдир. Надоматнинг ёмони - қиёмат кунидагисидир.

"Hammani ayblab alamzada yurish ham mumkin yoki yanada barvaqt turib o'z ustida mehnat qilib muvaffaqiyatga erishish ham mumkin." 🔹Lyuk Deyli

Agar muvaffaqiyatning qandaydir ulkan siri bor bo'lsa, u quyidagicha. O'zga insonning fikrini eshita bilish va uni anglash, qolaversa bunga o'zining va uning fikrlash nuqtai nazaridan qarashdir. Genri Ford

Sahnani tark etayotib obrazdan ham chiqishni unutma. - Georgiy Visin

"Agar biz muvaffaqiyatsizlikka diqqat qilsak, undan muvaffaqiyatni o‘rganishimiz mumkin." 🔹Malkolm Forbes

Alloh bandalari ichida yomoni ko‘p ta’na qiluvchi, ko‘p la’natlovchi va chaqimchilardir. Qatoda

Raqibingiz bilan totuv bo‘lay desangiz, undan norozi ekaningizni sezdirib qo‘ymang.

Qurqoqning oldida haq so‘zni aytma. Muhammad Siddiq Rushdiy

Daraxt besamar ulsa bog‘ida, Bog‘bon tanida qolmag‘ay halovat. Dilshodi Barno

Ko‘zga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib o‘tirmaydi. O.BALZAK

Муҳаббат умрда бир марта келади. Ёқтириш эса, бир неча марта. Сен буларнинг орасини аралаштирма, тағин надомат қилиб юрмагин © Марк Твен

Qaysi yo’ldan borsang, to’g’ri yo’l tutgan bo’lasan? O’ylab ko’r va sening ilgarilashingni qaysi biri ta’min etsa shuni qil

Nodondin yiroq qochqon donodur. Muhammad Siddiq Rushdiy

Jahonda nish ko‘rmay, no‘sh bo‘lmas, Murodin topmayin oshiq quvonmas. Majlisiy

“Mana Buyuklar” kanali