G’azablanganingda g‘azabingni bosishni o‘zingga majburiyat bil.

Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganida odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq cho‘zilmasdi.

Ишни жўшқинлик билан бажаринг, ёки умуман бажарманг

Nimadir senga yoqmasa, uni o‘zgartir. Modomiki, uni o‘zgartira olmas ekansan, unga nisbatan munosabatingni o‘zgartir.

Hech qachon ma’nisiz kitoblarni o‘qimang.

Avvaliga biz binolarga shakl beramiz. Keyin esa binolar bizni shakllantirishadi.

Biror narsani qattiq xohlab qolishdan avval shu istagan narsangizga hozir egalik qilayotgan odam baxtlimi yo‘qmi ekanini surishtirib ko‘rmoq kerak.

Boshqalar ishonib topshirgan ishni yaxshi ado etolsam — rohatlanaman. Boshqalar ishonqiramasdan, ­ikkilanibroq topshirgan ishni bajarolsam —­lazzatlanaman.

Xolis maslahat beruvchi, berilgan maslahati qabul qilinmaganida g'azab qilmasligidir.

Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling.

Kimki o‘zining nazarida o‘zi xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o‘zining nazarida o‘zi ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi. Abu Muzohim Sheroziy

Mish-mishlarni barcha zamonlarda to‘xtata olishmagan.

Osuda hayot — suvi limmo-lim chelakka o‘xshaydi: ehtiyot bo‘lmasang suvi chayqaladi va to‘kiladi.

Ilgarilari men bir narsani sira tushunmas edim: odamlar o‘z savollariga nega javob olisholmaydi? Endi esa so‘rash mumkinligini o‘ylab, o‘zim hayron qolaman. Bundoq o‘ylab qarasam, men ilgarilari o‘ylamas ekanman, faqat so‘rar ekanman.

Mutakabbir juda kam hollarda minnatdor bo‘ladi, chunki doimo loyiq bo‘lganidan ko‘ra kamrog‘ini qo‘lga kiritdi deb hisoblaydi.

“Mana Buyuklar” kanali