Buyuk kishilar hech qachon xushomad qilmaydilar, xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.
- O. Balzak
Kimdir bizdan uzr so’ramoqchi bo’lsa, bu ishni o’ta mohirona bajarmog’i kerak. Aks holda, biz o’zimizni aybdordek noqulay his etamiz.
Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon
qadar o‘zida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmog‘i kerak.
Muhammadning (alayhissalom) zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalolatdir. Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G‘arbda ma’lum emas. Uni sehrgarlikda ayblash maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir