Hayvonlar o‘z egalarining qafasidan chiqib, o‘zlarini xo‘jayin deb his etmoqni istaydilar, lekin ular bu o‘yin faqat egalarining yangi qafasni qurib bitkazgunicha o‘ylab chiqqan bir hiyla ekanini bilmaydilar.
Burchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib olasan.
L. N. TOLSTOY
"Ikki kishi dunyodan hasrat bilan o’tdi: biri – yig’di, yemadi, ikkinchisi – bildi, qilmadi."
🔹Sayfi Saroiy
Yer yuzida shunday yashashga urinki, topgan puling faqat to‘g‘rilik orqali kelgan bo‘lsin!
Abdibek Sheroziy
Jamiyat amalda isbotlangan yaxshi fazilatlarnigina e’tirof etadi va hurmatlaydi... Kimda-kim o‘z bahosini aniq bilmoqchi bo‘lsa, uni faqat xalqdan bilishi mumkin, binobarin, o‘zini xalq hukmiga havola qilishi kerak.
K. GELVETSIY