Kimgaki ish bo‘ldi qanoat fani, bilki, ani qildi qanoat g‘aniy.
Тилини тишлаб олган одам тишини суғуриб ташламайди.
Ayollarning ta’lim olishiga ko‘nmaydilar. Lekin ayollari kasal bo‘lib qolsa, ayol shifokor qidiradilar.
Кўпинча тил билан етказилган жароҳат қилич билан етказилган жароҳатдан оғирроқдир.
Мактаба йўқ бир тийинни тўйга минг сўмлаб берур,
Чораси мушкул касалга мубталодир бизни халқ.
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm
bepoyon.
Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.
Siz ertangi taqdirni hattoki dono bo‘lsangiz ham oldindan bila olmaysiz; shunday ekan, bugungi kunni bekor o‘tkazmang, zero u mudom qaytib kelmaydi.
Yaxshilikka yaxshilik eltgay, xolos,
Yaxshilik birlan kishi topgay xalos
Vaqt kutganlar uchun sekin, qo‘rqqanlar uchun tez o‘tsa, qayg‘uga botganlar uchun juda uzoq tuyiladi. U shod-xurramlar uchun juda qisqadek ko‘rinsa, oshiq qalblar uchun esa mangudek go‘yo.
Ilm shunday narsaki, unga o'zingni butunlay topshirmaguningcha hech narsa bermaydi.
Tili buzuq so'zlarga o'rgangan kishi Qiyomatda it suratida yoki it qornida keltiriladi.
Ilm unga amal qilgan kishiga chiroy bo'ladi, amal qilmaganga naqadar zarar!
G‘azab hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.
Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.