Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Biz juda koʻp joylarda jaholatga qarshi maʼrifat, islom dinini oʻrganish, oʻrgatish tashabbusi bilan chiqyapmiz. Islom — bu faqat nurli hayot. Islomni niqob qilib, terrorchi boʻlish, boshqa oqimlarga kirish — bu Oʻzbekistonga yarashmaydi!
Бошни фидо айла ато қошиға,
Жисмни қил садқа ано бошиға.
Тун-кунингға айлагали нур фош,
Бирисин ой англа, бирисин қуёш.
Muvaffaqiyat - bu sizda nima borligi emas, balki kim ekanligingizdir.
Nomussiz hayotdan, nomusli o‘lim yaxshi.
Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.
Одами эрсанг демагил одами,
Ониким йўқ халқ ғамидин ғами.
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo'lib o'tirish taraqqiyot yo'lidagi eng katta g'ovdir.
Biz odatda boy kishilarni ko'rolmaymiz. Ularni kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilganini esa hisobga olmaymiz. Uyda yotib biror bir natijaga erishib bo'lmaydi buni esingizdan chiqarmang!
Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan vaqt keldi.
Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir:
1.Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq,
2.Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq.
Бўлса керак фикр ила шоҳи замон,
Яхшига яхшию, ёмонга ёмон.
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir
O'qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.