Vaqti kelganda, ijodkorni bir og‘iz iliq so‘z bilan siylab qo‘yish ham uning hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biroq pishmagan mevani urib tushiradigan “mergan”dek mukofotga intilish, hay-hay, uyat! Ta’magirlikdan boshqa narsa emas.
Barcha odamlar, hali navqiron paytlarida, o'z Taqdirini bilishadi. Umrining bu pallasida hamma narsa tushunarli va o'zlari xohlagan ishini amalga oshirishga intilishdan qo'rqishmaydi. Biroq vaqt o'tishi bilan bir sirli kuch ularni o'z Taqdirlarini yuzaga chiqarishga erishishning iloji yo'qligiga ishontirishga kirishadi!
"Olamdagi eng mashaqqatli ish – o‘z shaxsiy boshingdan idrok qilish uchun foydalanish bo‘lsa kerak. Ehtimol, shu sabab ham kamdan-kam inson bu ish bilan shug‘ullanadi."
🔹Genri Ford
Vaqtingizni o'zingiz qadrlamagunizcha, boshqalar hech qachon qadrlamaydi. Vaqtingizni va qobiliyatingizni behuda sarflashdan to'xtang va ketkazgan vaqtingizga pul olishni boshlang.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.