Ma’rifatchi (orif) botir odam bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, saxovat egasi bo‘ladi. Shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U barcha behad narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi! U o‘z nafsoniyati bilan ulug‘vor bo‘ladi, shunday bo‘lmay ham bo‘larmidi!
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil
odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma,
tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan
bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar
bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan
shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.
Jamiyat boshida turuvchi robot yaratilganda, u eng yaxshi siyosatchi bo‘lgan bo‘lardi. Robotexnika qonuniga muvofiq, u odamlarga ziyon yetkaza olmasdi, zo‘ravonlik va poraxo‘rlik qilmasdi. U qarimas va o‘lmas ekanligini bilsa ham, vaqtida iste’foga chiqardi.