Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.
Vaqt kutganlar uchun sekin, qo‘rqqanlar uchun tez o‘tsa, qayg‘uga botganlar uchun juda uzoq tuyiladi. U shod-xurramlar uchun juda qisqadek ko‘rinsa, oshiq qalblar uchun esa mangudek go‘yo.
"Olamdagi eng mashaqqatli ish – o‘z shaxsiy boshingdan idrok qilish uchun foydalanish bo‘lsa kerak. Ehtimol, shu sabab ham kamdan-kam inson bu ish bilan shug‘ullanadi."
🔹Genri Ford
Ayol oqilayu er ishbilarmon ,Demak ,kundan - kunga obod xonadon.
Yaqin kishilarimizga o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur etamiz.