Barcha fanlarning asosiy qonun-qoidalari metafizikaga asoslanadi (metafizika tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan). Garchi uni eng keyin o‘rgansalar-da, aslida u birinchi o‘rinda turadi.

O’zingizga nisbatan ishonch hissiyotiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlardan qoching. Bu mayda odamlarga xos xususiyat. Buyuk odam, aksincha, sizning ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligiga ko‘nglingizda ishonch tug‘diradi

Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar.

Mo‘min yaxshi niyatli bo‘lgani uchun aldanadi, surbet yomon niyatli bo‘lgani uchun aldaydi.

Hamishalig‘ ta’kid etur edim: xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir kunmas bir kun mevasini tatirsan...

Sen agar birovdan yo'l-yo'riq o'rganmoqchi bo'lsang-u, bu nasib etmasa, sen shunda ham umidsiz bo'lma va Allohning inoyatidan bahramand bo'lish niyatidan qaytma.

Biz agar yuqori qadriyatlarga intilmasak, pastkilar bizni ezib qo'yadi.

Сўзда, Навоий, не десанг чин дегил, Рост наво нағмага таҳсин дегил.

Ustod so‘zidirkim: — Qat’iyatli, Hamiyatli, Kamgap bilan Hamgap bo‘lsang, Hamdard topdim, deyaver!

Ўзини жуда паст баҳолайдиган аёл, барча аёлларнинг баҳосини тушириб юборади.

Qadimda bir donishmand aytgan ekan: “Men vaqtning nima ekanini bilaman. Ammo “Vaqt nima?” deb so‘rasalar, aytolmayman”.

Агар тилингнинг ортиқча сўзлашига эга бўла олмасанг, унда тизгининг жиловини шайтонга топширган бўласан.

Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim.

Ba'zan o'tmishi eng yomon bo'lgan odamlar o'zlariga eng yaxshi kelajakni yaratadilar.

“Mana Buyuklar” kanali