Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt.

Qarama-qarshi fikrlar o‘rtasida haqiqat yotadi deydilar. Bo‘lmagan gap! Ular o‘rtasida muammo yotadi.

Rost gapiringlar, agarchi rostlikda halokat bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida najot rostlikdadur. Yolg'on gapirmanglar, agarchi yolg'onda najot bor deb bilsalaringiz ham, chunki aslida unda halokat bordur.

Mansab ilinjida bo‘lgan (qaram) kimsalarning tomirlari-kesilgandir, ular oladigan farmonlari esa bir-biriga zarba beruvchilardir.

"Ilmni amalda qo‘llay olmas ekansan, ko‘p bilishingdan foyda yo‘q. " 🔹Majididdin Xavofiy

Haqiqatni yomon ko'radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko'radilar

Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.

"Qaysi xalqning diyonatini bilmoqchi bo‘lsang, ayollarining kiyinishiga qara." 🔹Tohir Malik

Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz

O'zini aybini bilganda odam, Boshqalar aybini so'zlamasdi ham.

Biznesdagi imkoniyatlar xuddi avtobusga o'xshashadi. Ular ketma-ket kelaverishadi.

Maqsadga eltadigan yo‘lning tekis-notekis, tor-keng, uzoq-yaqinligi muhim, lekin uni qoqilmasdan, chalg‘imasdan jadal bosib o‘tish yanada ­muhimroq.

Kichik biznes xuddi eBay kabi kattaroq narsaga aylanganida u zanjirli reaksiyani ishga tushiradi. Buning natijasida esa intellektual kapital, tovarlar va xizmatlar yaratuvchi boshqa kichik kompaniyalar paydo bo‘ladi.

Балки кейинги борадиган жойингиз қаерлиги ҳақида ўйлашдан кўра ўзингиз кетишни истамайдиган жойни яратарсиз

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir

“Mana Buyuklar” kanali