Odamlar bilan muomalada bo‘lib, o‘z foydangni emas, o‘sha odamlarning foydasini o‘yla, o‘zing haqingda o‘zing emas, sen haqingda ular nima fikr yuritishini o‘yla.
Vatanni sevish - vatanparvarlik haqida kuylashing emas.
Vatanni sevish - vatanparvarlik haqida lof urishing ham emas.
Vatanni sevish - mashinang oynasidan tashqariga axlat uloqtirmasliging xolos.
Ilgarilari men bir narsani sira tushunmas edim: odamlar o‘z savollariga nega javob olisholmaydi? Endi esa so‘rash mumkinligini o‘ylab, o‘zim hayron qolaman. Bundoq o‘ylab qarasam, men ilgarilari o‘ylamas ekanman, faqat so‘rar ekanman.