Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o'z holiga tashlab qo'ysak, tarbiyasi, ilmi va ma'naviyati bilan shug'ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo'lib yetishmog'iga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qo'liga topshiramiz?
Ehtiroslar—kemalarning yelkanlarini to‘ldiradigan shamol. Ba’zan u kemalarni cho‘ktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi. Safro insonni g‘am va kasal qiladi, ammo safrosiz u yashay olmaydi. Bu dunyoda hamma narsa zarur va hamma narsa havfli.
Agar o‘qituvchingni qattiqqo‘l va talabchan deb o‘ylasang, rahbaring bilan yaqindan tanishishni ortga sur. Rahbarning muvaffaqiyati sen ishingni qanday bajarayotganingga bog‘liq.
Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi.