Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va
hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim
berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim
olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr
qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.
To'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash.
... Olloh bilimdon, qudratli, mislsiz. U har narsani eshitib, ko‘rib turuvchidir. Eng go‘zal bezak tavozelik, eng xunuk narsa baxillik ekan.
Barcha yaxshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavozedir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida, uning kaliti esa takabburlikdir.