Biz odatda boy kishilarni ko'rolmaymiz. Ularni kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilganini esa hisobga olmaymiz. Uyda yotib biror bir natijaga erishib bo'lmaydi buni esingizdan chiqarmang!
Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.
Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular, har narsaning narhini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.
Agar oilaning baxtini boylik belgilaganda edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal ko'tarilmas edi.
Ilm - kambag'alga boylik, boyga esa ziynatdir!
Berib hech qachon hech kim qashshoqlashib qolmaydi.
Men hech qachon boyib ketishni orzu qilmaganman. Buni hatto xayolimga ham keltirmaganman. Men faqat bir narsani – oʻz hayotimda nimagadir erishishni istardim.
Бу дунёда охиратингни бой беришга арзийдиган бирор нарса йўқ.
Ўғри журъатли ва уй эгаси қўрқоқ бўлса, уй иложсиз қўлдан бой берилади.
Sevimli bo'lish, boy, mashhur, chiroyli va ommabop bo'lishdan ko'ra muhimroq, chunki sevimli bo'lish baxtli bo'lish demakdir.
Бой одамда ҳеч қачон ортиқча пул бўлмайди. Камбағалда эса бўлади.
Камбағал пул учун ишлайди. Пул эса бойлар учун ишлайди.
Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.
Камбағал ҳеч қачон пули нимага кетганлигини сезмайди. Бой эса ҳаражатларини назорат қилиб боради.
Ma’nan boy inson omma qarshisida hamisha kuchlidir.