Kimki samarali mehnat zavqini tuysa, o’rtamiyona turmushi ham badastir bo’la boradi.
Ertangi kunidan hadik-xavotirda yashaydigan odam nafaqat halovatidan, hatto chin turmushidan ham mosuvo bo’ladi. Bas, shunday ekan, o’tayotgan kunni, vaqtni o’z holiga qo’ying!
Hayot yo’lini jasorat-la bosib o’tmoq lozim. Basharti kimdandir qo’rqsak, bunga o’z izmimizni o’sha odamga topshirib qo’yganimiz sababdir.
Ma’nan boy inson omma qarshisida hamisha kuchlidir.
Go’zallik — haqiqatning tajallisidir.
Jannatning jannatligi undan quvilganimizdan so’ng ayon bo’ldi.
Hamonki, baxt ko’zga ko’rinmas ekan, uni tasarruf qilish mumkin.
Risoladagidek hayot kechirdim, na erkinlik va na go’zallikka ehtiyoj sezdim, shunga qaramay, kamina hamisha yolg’izlikka mahkum edi
Dorilfununlardagi, korxonalardagi, birjalardagi va ko‘ngilxushlik qiladigan joylardagi “real” hayot har qancha hayajonli bo‘lmasin, biz har kuni ikki soat vaqtimizni o‘tgan zamonlarning falsafasini va adabiy asarlarini mutolaa qilish bilan o‘tkazmasak, haqiqiy hayotga yaqinroq bo‘la olmaymiz.
Modomiki, odam o’zi bilan o’zi murosa qilolmas, yakdil bo’lolmas ekan, tabiiyki, jur’atsizlik g’olib keladi.