Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!

Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan... aqlli esa yaxshiliklarga chorlashda ko‘rdim..

Do‘stu dushman bilan murosayu madora qildim

Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi

Oyna - mening eng yaqin do‘stim, chunki yig‘layotganimda u hech qachon kulmaydi.

Chin do'stgina sening zaif tomonlaringga chidaydi.

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma

Ustod debdir: — Yaxshilar do‘st bo‘lmasa, O‘qishni xushlamasa, burch yo‘lin ushlamasa, Qusurni rustlamasa, —Anga azador boshim!.

Aqli yetuk insonning olti xislati bor: uchtasi uyida va uchtasi safarda bilinadi. Uyidagisi - tilovati Qur'on, masjidni obod qilmoq, Alloh uchun do'st tutinmoq. Safardagisi - borini o'rtaga tashlashi, husni xulq va gunoh bo'lmaydigan so'zlar bilan hazillashmoq.

Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.

Bir insonning qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, u bilan birga o‘tirib-turgan do‘stlariga qara

Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman

Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

Doʻstlaring bilan shunday yashaginki, dushman boʻlganlarida sen haqingda soʻzlaydigan (yomon) soʻzlari boʻlmasin. Dushmanlaring bilan shunday yashaginki, doʻst boʻlganingda yuzing qizarmasin...

O'zingga sodiq do'stlar tanla, ular panohida yashaysan. Chunki ular farovon kunlaringda ziynat, qiyinchilikda qolganingda qalqondir.

“Mana Buyuklar” kanali