Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga,
mashqqa.
Agar xalqda buyuk islohotga ehtiyoj haqiqatan ham paydo bo‘lgan bo‘lsa, xudo ham uning tomonida bo‘ladi va muvaffaqiyat unga yor bo‘ladi.
Agar do‘stlik savdo-sotiqqa o‘xshab, ehtiyojga qarab axtarilsa, zarurat tug‘ilmagan chog‘da do‘stni nazarga ilmay, tashlab ketilsa, bu qanday do‘stlik bo‘ldi endi!
Yaxshi do‘sti borning oynaga ehtiyoji yo‘qdir.
Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq.
Bugunning chorasini ko‘rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
So‘zlar haqiqat emas, bor yo‘g‘i og‘izdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.
Бузуқ одамлар - муҳаббат деб аталмиш улуғ туйғудан мосуво одамлардир. Шунинг учун уларда уят ҳисси ҳам йўқ. Улар муҳаббатни ҳам тиланиб оладилар, негаки эҳтиёж сезадилар. Улар муҳаббат ўрнида ўзларининг ҳеч нарсага арзимайдиган туйғуларини тавсия этадилар, негаки уларда бошқа ҳеч нарса йўқ.
Sivilizatsiya so‘ziniig tom ma’nosi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki o‘z xohishlarini ixtiyoriy va
yaxshi o‘ylagan holda tiyishdan iboratdir.
Эҳтиёж — кашфиётнинг онаси
Kishi, Allohdan boshqaga ehtiyoji yo‘qligiga ishonadigan bo‘lsa, Alloh ham uni O‘zidan o‘zgaga muhtoj qilmaydi
Risoladagidek hayot kechirdim, na erkinlik va na go’zallikka ehtiyoj sezdim, shunga qaramay, kamina hamisha yolg’izlikka mahkum edi