Donoga yondoshgil, qoch nodondan san,
Hatto u xavflidir dono dushmandan.
Bizning farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart.
So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin.
Dono odam hamma narsani o'zidan talab qiladi, nodon esa boshqalardan.
Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.
Siz ertangi taqdirni hattoki dono bo‘lsangiz ham oldindan bila olmaysiz; shunday ekan, bugungi kunni bekor o‘tkazmang, zero u mudom qaytib kelmaydi.
Gapirishni o'rganibdimi - demak katta bo'libdi,
Jim turishni o'rganibdimi - demak dono bo'libdi.
Nodonlardek yuzlab so'zni qilmagil qator,
Dono ersang, bir so'z degil, lekin ma'nodor.
Sayyidlar, ulamo, mashoyixlar, oqilu donolar, muxaddislar, tarixchilarni sara, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini o’rniga qo’ydim.
Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki o'zlarini bilimdon va dono xisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.
Yolg'izlikda dono bo'lgandan hamma bilan birga nodon bo'lgan afzal.
Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni
bilur
Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq payqaydi.
Agar bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, siz hech qachon donolarni yetishtira olmaysiz.
Sen yengil boʻlishini xohlama, sen yaxshi boʻlishini xohla.
Sen muammolarning kamayishini istama, mahorating kuchliroq boʻlishini ista.
Sen kamroq eʼtirozlar boʻlishini xohlama, sen donoroq boʻlishni xohla.