Vatanga muhabbat, avvalo, unga samimiyat, qizg‘inlik bilan, samarali istak bilan ezgulik va ma’rifat
tilashdan iboratdir, uning mehrobiga hamma narsani, shirin jonni ham fido etish, undagi barcha
yaxshi narsalarga qizgin hamdardlik bildirish hamda uning kamolot yo‘liga g‘ov tushayotgan
narsalarga qahrltg bo‘lmoqlikdir.
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi
Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, uni sezmaysan ham.
Birovga qilingan yaxshilik kishini shunisi bilan rom etadiki, u shafaqqa o‘xshab oxiri o‘chib ketmaydi qaytaga yanada yorqinlashib o‘zimizga qaytib keladi.
Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak: har qanday paysalga solish bema’nilik va ko‘pincha xavflidir.