Faqat o'zimgina o'zimning hayotimni o'zgartira olaman. Men uchun hech kim buni qilmaydi.
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on.
Tajribalar - bizning abadiy hayot muallimimiz
Hayot choraklardan iborat emas, unda ta’til, sen bilan alohida ishlaydigan muallim yoki rahbar bo‘lmaydi. Vazifalarni shaxsan o‘z kuching bilan va o‘z vaqtida bajarishing shart.
Inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor:
1. Dunyoga kelgan kuni,
2. Nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni.
Hayot aslida sodda. Faqat biz uni murakkablashtirishga urinamiz.
Dushmanlaring bormi? Bu yaxshi. Bu hayotda nima uchundir kurashayotganingni anglatadi.
Inson hayoti temirga o‘xshashdir. Uni ishga solganingda, u sayqallashadi, uni ishlatmay qo‘ysang-chi, zang yeb qo‘yadi.
Hayot insonga zahmatsiz hech narsa bermaydi.
Men besh yoshligimda onam doimo aytardilar, baxt — bu hayotda eng muhimi. Maktabga borganimda, mendan katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchiligimni so‘rashdi. Men shunday yozdim: "Baxtli inson bo‘lmoqchiman". Keyin menga savolni tushunmaganimni aytishdi, men esa ular hayotni tushunmasliklarini aytib javob qildim.
O'zingiz o'rganing! Hayot o'rgatishini kutmang!
O'z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi - behuda.
Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo'ladi.
Hayotingni televidenie orqali ko‘rsatilayotgan hayot bilan adashtirma. Real hayotda inson umrining ko‘p qismini qahvaxonalarda emas, ish joyida o‘tkazadi.
Xatolarga to‘la hayot, garchi hurmatga sazovor bo‘lmasa ham, hech bir urinishsiz va xatolarsiz yashalgan umrdan afzalroq.