Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: birinchi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.
Tajribalar - bizning abadiy hayot muallimimiz
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi.
Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo'ladi.
O'z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi - behuda.
Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi.
Bilimning yagona manbai - tajribadir.
To‘rt narsa to‘rt narsaga, ya’ni ulug‘lik - odob, tarbiyaga, xursandchilik - xotirjamlikka, yaqinlik - do‘stlikka, aql - tajribaga muhtojdir.
Tajriba — qimmatli maktab. Lekin ahmoqlar uchun shundan o‘zga maktab bo‘lmasa nima qilish kerak?
Yangi tajriba va bilim bilan kengayib borgan ong hech qachon o‘zining eski holiga qaytmaydi.
Biznesda sen yoki pul topasan, yoki tajriba. Sen tajribani ol, pul esa o'zi keladi.
Tajriba amalda qilish bilan to'planadi, orzu qilish yoki o'ylash bilan emas
Гарчанд узоқ умр кўрган бўлсалар-да, кўп одамлар ғўр ва тажрибасиздир.
Tajriba ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatga qobiliyatlardan ko‘ra ko‘proq tirishqoqlik bilan erishiladi. O‘z ishiga jonu-jahdini berib ishlagan g‘olib bo‘ladi.