Modomiki, hayot juda qisqa, bo‘sh vaqt esa juda oz ekan, biz uni sayoz kitoblarni o‘qishga isrof etmasligimiz kerak.
Kitoblarning tanlanishi odamning fikr dunyosini, uning hayotiy qadriyatlarini ochib beradi. Sizning shaxsiy kutubxonangiz siz haqingizda nima derkin?
Ўқинг ва ўрганинг. Жиддий китобларни ўқинг. Қолганини ҳаёт ўзи беради.
Фазилатли аёл гўёки ёпиқ китоб кабидир. У китобни фақат ҳаётига шерик қилган эркак ўқий олади холос.
Гапиришдан олдин ўйла, ўйлашдан олдин китоб ўқи.
Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.
Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.
Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.
Kunlar - umr kitobining sahifalaridurkim, umrga ko‘chirmalar bitib borilaveradi.
Ижтимоий тармоқлар билим манбаси эмас, у фақат мутолаа воситаси холос. У ақлни тўлдириб қўймайди, маърифатни ўстириб қўймайди. У худди гап-гаштаклардаги суҳбатга ўхшайди. Шундай экан, китоб ўқинг, китоб!
Ким бир китобни икки марта ўқиса, демак иккита китоб ўқибди.
Kitob butun hayotni qamrab oladi.
Xuddi yaramas oshnalar singari bo‘lmag‘ur kitoblar ham bizni yo‘ldan urishi mumkin.
Kitoblarning soni emas, uning yaxshisi foyda keltiradi.
Hech qachon ma’nisiz kitoblarni o‘qimang.