Kitobdan emas, kitobsizlikdan qo‘rqing.

O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing. Qolganini hayotning o‘zi tushuntirib beradi.

Tabiatning buyuk kitobi matematik belgilar bilan yozilgan.

Majhulga ochilgan eshiklardir, kitoblar: ertaklarga, sirlarga, abadiyatga.

Kitob istiqbolga yo‘llangan maktubdir... Bashang kiyingan hayajon, mo‘miyolangan tafakkur...

Bir narsani hech tushunmayman: kitob o'qiydiganlarda pul yo'q.Puli ko'plar kitob o'qimaydi.

Yozilgan kitob nusxasining to‘g‘riligi ko‘z qorachig‘ining boqqaniga bog‘liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar.

Телевизор мени жуда билимли қилади. Ҳар сафар бирорта телевизорни ёқса, нариги хонага кириб кетиб китоб ўқийман.

Kitob odamni – bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.

Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur ham kitobdir.

Men uchun insondan qimmatliroq biron-bir kitobiy haqiqat yo‘q. Inson demak o‘ziga butun bir olamni olib yuradigan jonu jahondir va u abadul-abad yashasin.

Inson ixtiro qilgan eng samarali texnologik mexanizm - bu kitobdir.

Bir vaqtlar kitoblarning taqchilligi ilmning o‘sishiga ziyon yetkazar ekan. Hozir esa uning ko‘pligi odamni garang qilib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi.

Ўзимдаги барча яхши хислатлар учун китобдан миннатдорман.

Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi.

“Mana Buyuklar” kanali