Musibat sovg‘adir. Unda rahmat yashirilgan.
Odamlarning gunohlarini o‘ylama, sen ularning Robbisi emassan!
O‘z gunohlaringni o‘yla, chunki bandasan! Musibatga yo‘liqqanlarga shafqatli bo‘l. Shunday baloi musibatlar bilan sinalmaganing uchun Allohga HAMD ayt!..
Olov, ayol va dengiz - uch musibatdir.
Musibatlar ikki xil bo‘ladi: biz uchraydigan muvaffaqiyatsizliklar va boshqalar erishadigan muvaffaqiyatlar.
Hadyani shunday muhtoj kishiga beringki, u hadyaga javob qaytarishni o'ziga musibat deb bilmasin. Aks holda unga hadya bergandan bermagan yaxshiroqdir.