Qo‘l yoki oyoqni nojo‘ya ishlatsang — falokatga, tilni nojo‘ya ishlatsang — halokatga yo‘liqasan.
Chim (o‘t o‘lan) kecha oyoqlarim ostida edi, bugun esa ustimda turibdi. Ko‘rayapsanmi, tuproq gunohlardan boshqa har narsani berkitadi?
Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur.
Kafshsizlikdin malul bo'lmag'il, ayog'sizlarga boqib, shukr qil.
(Kovushim yo'q, deb nolima, balki oyog'i yo'qlarga boqib shukr qil)
Egri oyoqning soyasi ham egri bo‘ladi.
Oyoq bosib o‘tilmagan zinapoya aslida quruq yog‘ochdir.