Har mamlakat va diyor sayohatchilariyu musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakatga va diyorga borib turish uchun savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular o‘shal mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar.

Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim

“Mana Buyuklar” kanali