Seni do‘stingdan ayiradigan so‘zga quloq solma. U so‘zda ziyon bordir, ziyon!
Oxiratingga ziyon yetadigan darajada dunyoga berilma. Ammo insonlarga yuk bo'ladigan darajada dunyoni unutib qo'yma.
Bir vaqtlar kitoblarning taqchilligi ilmning o‘sishiga ziyon yetkazar ekan. Hozir esa uning ko‘pligi odamni garang qilib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi.
Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, qo‘rqma, zarari yo‘q, ziyoni yo‘q, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.