Hayot - velosiped haydashga o'xshaydi. Muvozanatingizni saqlash uchun, harakat qilishda davom etishing kerak.

Tasavvur(Xayol) - ilmdan muhimroq.

Hech qachon xato qilmagan inson, hech qachon yangi narsaga harakat qilmagan insondir.

Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir.

Bilimning yagona manbai - tajribadir.

Bizning dunyomiz – bizning o‘y-qarashlarimizning aksidir: ongni o‘zgartirmay turib, bu olamni o‘zgartirish imkonsizdir.

Агар бахтли яшашни истасангиз бахтни мақсадга боғланг, одамлар ёки нарсаларга эмас

Zo‘r iste’dod hammada ham bor. Biroq, baliqning qobiliyatiga uning daraxtga tirmashib chiqishiga ko‘ra baho beradigan bo‘lsak, u hayotini behuda yashagan bo‘lib chiqadi.

Билим бу – мактабда ўргатилган ҳамма нарса эсингдан чиқиб кетгандан кейин ўзингда қолган нарсалардир. Савол беришдан тўхтамаслик жуда муҳим. Қизиқувчанлик одамга бежиз берилмаган. Чегараларини бир марта кенгайтирган идрок ҳеч қачон эски жойига қайтмайди.

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir

Dunyoni yomonlik ustida sukut saqlaganlar yakson qiladi.

Sog‘lom fikr o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha egallangan tushunchalarning yig‘indisidir.

Mantiq sizni A nuqtadan B nuqtaga olib kelishi mumkin, ammo faraz esa istagan joyingizga eltadi.

Uni osongina tushuntira olmayapsizmi, demak, o'zingiz ham uni yetarlicha tushunmagansiz.

“Mana Buyuklar” kanali