Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra, Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.

Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r - mingni.

Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.

Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Tasavvur(Xayol) - ilmdan muhimroq.

Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.

Bilim — kuch? Kuch esa bilimdadir.

Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi

Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat

Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli go’yo ko’kka yo’l topiladi. So’z bo’z yerga yashil ko’kdan tushdi, So’zi tufayli inson o’zini ulug’ qildi.

Ustod debdir: — Bilimni ona qornidan olib tushmaganman; O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!

Ruh — shamchiroqqa, bilim — ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga, Allohning zakosi — moyga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan — sen tiriksan. Agar u o‘chsa — sen halok bo‘lasan.

Bilimning yagona manbai - tajribadir.

“Mana Buyuklar” kanali