So‘z — libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir.
Chim (o‘t o‘lan) kecha oyoqlarim ostida edi, bugun esa ustimda turibdi. Ko‘rayapsanmi, tuproq gunohlardan boshqa har narsani berkitadi?
Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel bo‘lamiz. Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak gar, jon bo‘lamiz.
Баъзан тугаш билмаган дардлар ёмғир бўлиб устингдан ёғади.
Шуни унутмаки, ранго-ранг камалак ёмғирдан кейин чиқади.
Cho‘ntagi boy, ruhi qashshoq bo‘lgan insonlarning ahvollari juda jirkanch. Chunki ular, har narsaning narhini bilishadi, ammo qadrini bilishmaydi.
Odobidan mahrum bo‘lgan Allohning lutfidan ham mahrum bo‘lur.
Инсон - денгиз кабидир. Ёлғизгина усти билинади, остида нималарни сақлайди, ичида қандай ғалаёнлар бўлаётганини сўзламайди. Фақатгина жимгина овозсиз оқиб туради!
Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir!
Chin do'stgina sening zaif tomonlaringga chidaydi.
Хамма яхшиликлар сабрдан кейин келади.
Dunyo tuzoqdir, doni hoyu-xavasdir.
Ақл ҳаж қилиш учун туя топгунча, муҳаббат Каъбани бир марта айланиб бўлди.
Shaxmatda piyoda yo‘lga chiqib, oxirida vazir bo‘ladi.
Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni Hizr bil.
Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xayollarda harob bo‘libmiz.