Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta. Sen bularning orasini aralashtirma, tag‘in nadomat qilib yurmagin.
Hayot seni ehtimol o‘z oldiga o‘tkazar,
Undan yaxshi muallim topmasliging muqarrar.
Men hech qachon bugungidek hayot kechirishimni tasavvur ham qilib ko‘rmaganman. Har doim futbolni yaxshi o‘ynashni orzu qilganman va bugun o‘z orzularimda yashamoqdaman.
Olijanoblik haqida muhokama yurgizish, bu hali olijanoblikni bildirmaydi, xuddi shuningdek, odillik
haqida o‘ylashning o‘zi ham amalda odil bo‘lish degan gap emas.
Sevimli bo'lish, boy, mashhur, chiroyli va ommabop bo'lishdan ko'ra muhimroq, chunki sevimli bo'lish baxtli bo'lish demakdir.
Тоат Аллоҳга Ўзи хоҳлаганидек ибодат қилмоғингдир, ўзинг хоҳлаганингдек эмас.
Kundalik hayotimiz dasturlashga o‘xshaydi, nazarimda. Agar siz biror narsani sevsangiz, unga go‘zallik kiritishingiz mumkin.
To‘rt narsa - ya’ni, badfe’llik, badqovoqlik, takabburlik va dilozorlik kishiga xoru zorlik keltiradi.
Ma’rifatning chegarasi — nafs va uning istak-xohishidan xoli bo‘lishdir.
Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.
Tarbiyali kishilar inson shaxsini hurmat qiladilar,shuning uchun ham ular marhamatli, oqko‘ngil,xushmuomalali va ko‘ngilchandirlar.
Kitoblarning tanlanishi odamning fikr dunyosini, uning hayotiy qadriyatlarini ochib beradi. Sizning shaxsiy kutubxonangiz siz haqingizda nima derkin?
Agar sen muvaffaqiyatlarga erishishni istasang, atrofingga yuksak kishilarni to'pla
Biznesda buyuk ishlar hech qachon bir kishi bilan qilinmagan. Ular odamlar jamoaligida qilingan
Odamlarni odamgarchilikdan chiqaradigan odamlar ham bor, deyishadi. Bu gap qaysidir darajada to‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ridir. Ammo bundaylarni odam deyish noto‘g‘ri.