Ўтган умрингни мулоҳаза этиб, тавба қилишга шошил. Чунки ажал етса, уни кечиктириш ҳеч кимнинг қўлидан келмайди. Маҳмуд Замахшарий

Boshiga kelgan falokatlar uchun boshqalarni aybdor bilish johillik alomatidir.

Taqlidni bas qil, o‘zingni izla.

Ajal, berilganni olib ketmasidan, berilishi kerak bo‘lgan har narsani berib qolish kerak.

O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.

Бир умр аразлашиб юргандан ку`ра, бир марта уришиб олган яхширок.

Biz shunchaki javob berolmaydigan savollar bor, shukrki tabiatning o‘zi javob berishdek mashaqqatni bo‘ynimizdan soqit qildi.

Sen uni o’z tarafingga og’dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o’zingni dovdirayotgandek tut.

Vijdon qonunlar qonuni hisoblanadi.

"Bekor vaqt yo'qdir, bekorchilikka ketgan vaqt bordir." 🔹Rabindranat Tagor

Maqsadingiz qanday qiyin bo'lishidan qatiiy nazar, siz unga faqat ,mehnat qilish orqaligina erishasiz. Boshqa yo'l yo'q! Muhtor Umarov

Mix bolg‘adan qochib qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.

Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz.

Seni yovuzlik sari undayotgan yot fikrlar – bu sening fikrlaring emas, balki yovuzliknikidir.

"Avvalo o'zingga, keyin o'zgalarga nasihat qil." 🔹Ali ibn Abu Tolib

“Mana Buyuklar” kanali