Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.
Zo‘r iste’dod hammada ham bor. Biroq, baliqning qobiliyatiga uning daraxtga tirmashib chiqishiga ko‘ra baho beradigan bo‘lsak, u hayotini behuda yashagan bo‘lib chiqadi.
Sen agar birovdan yo'l-yo'riq o'rganmoqchi bo'lsang-u, bu nasib etmasa, sen shunda ham umidsiz bo'lma va Allohning inoyatidan bahramand bo'lish niyatidan qaytma.
Pulni yo‘qotish – katta yo‘qotish emas. Yana pul ishlashga shoshil. Or-nomusni yo‘qotish – katta yo‘qotish. Shon-shuhrat qozonsang, odamlar o‘z fikrini o‘zgartiradi. Mardlikni yo‘qotish – barcha narsani yo‘qotish. U holda bu dunyoga kelmaganing yaxshiroq bo‘lar edi.